platina.uz
Jamiyat

Oʻzbek bankidan katta pul oʻmargan shaxs Rossiyada qoʻlga olindi

Gumonlanuvchi hibsga olingan va vataniga deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

Oʻzbek bankidan katta pul oʻmargan shaxs Rossiyada qoʻlga olindi

Sankt-Peterburgda yirik miqdordagi mablagʻni oʻzlashtirishda gumon qilingan oʻzbekistonlik shaxs qoʻlga olindi. Hozir uni tergovchi va xorijiy bank vakillari kutmoqda, deya xabar berdi 47news nashri huquq-tartibot idoralariga asoslanib.

Nashr xabariga koʻra, 21 sentabrga oʻtar kechasi jinoyat qidiruv xodimlari Sankt-Peterburgdagi Pulkovskoye shossesidagi uylardan birining yonida 36 yoshli Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga olgan. U katta hajmdagi pulni oʻzlashtirish boʻyicha jinoiy ishda gumonlanmoqda.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, u 2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida jinoiy guruh tarkibida bankka tegishli 5 milliard oʻzbek soʻmini oʻzlashtirgan.

Gumonlanuvchi hibsga olingan va vataniga deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kurill orollarida 4 oʻzbekistonlik qahramonlik koʻrsatgani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid