Rossiyada 4 oʻzbek qahramonlik koʻrsatdi
“Agar bu fuqarolarning yordami boʻlmaganida, fojia yuz berishi muqarrar edi”, deyiladi xabarda.

Kurill orollarida toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarosi shifokor va voyaga yetmagan bolani qutqarib qoldi. Bu haqda mahalliy "Krasnыy mayak" gazetasi xabar berdi.
Hodisa mahalliy Reydovo qishlogʻi yaqinida sodir boʻlgan. Bola qirgʻoqqa yaqin daryo boʻylab kezib yurgan, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib, choʻkib keta boshlagan. Oʻzi suzishni bilmaydigan katta yoshli odam esa unga yordamga shoshilgan.
Oʻzbekistonliklar choʻkayotgan ikki odamni payqab qolishgan. Ular tezda shifokor va uning bolasini suvdan olib chiqishdi.
Keyinroq Kurill markaziy tuman kasalxonasi xodimlari Oʻzbekiston fuqarolari Usmon Mirsaliyev, Usmon Usvaliyev, Abdurahim Shokirov va Inslanjon Qoʻchqorovga oʻz xodimi va uning farzandini qutqarib qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Agar bu fuqarolarning yordami boʻlmaganida, fojia yuz berishi muqarrar edi”, deyiladi tuman markaziy shifoxonasi maʼlumotida.