Prezident Chustda bolalarning zaharlanishiga munosabat bildirdi
Avvalroq SSV va prokuratura hodisa tafsilotlarini ochiqlagandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chustda bolalarning zaharlanishiga munosabat bildirdi.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sogʻligʻi bilan bogʻliq noxush holatdan qattiq tashvishda, ular tez fursatda sogʻayib ketishini tilaydi.
Davlat rahbari bu boradagi vaziyat toʻgʻrisida axborotni muntazam olib bormoqda. Viloyat hokimi va masʼullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish boʻyicha topshiriqlar berilgan", deyiladi prezident matbuot xizmati eʼlon qilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Namangan viloyati, Chust tumanida yuzga yaqin bola doridan zaharlangani boʻyicha xabar tarqalgandi. Bosh prokuratura hodisa yuzasidan tergov oʻtkazmoqda.