platina.uz
Jamiyat

Chustda bolalar doridan zaharlangani aytilmoqda

Bosh prokuratura va SSV vaziyat yuzasidan bayonot eʼlon qildi. 

Chustda bolalar doridan zaharlangani aytilmoqda

Namangan viloyati, Chust tumanida yuzga yaqin bogʻcha bolalari doridan zaharlangani boʻyicha xabar tarqaldi. Bosh prokuratura va SSV bayonot eʼlon qilib, hodisani tasdiqladi.

Bosh prokuraturaning yozishicha, Chust tumanida voyaga yetmagan bolalar zaharlanishi yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish davomida voyaga yetmagan bolalarning zaharlanishi sabablari aniqlanadi va bu haqida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.

"Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaharlanganligi xali nomaʼlum boʻlganligi sababli jamoatchilikdan notoʻgʻri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarni soʻrab qolamiz", deyiladi xabarda.

Tekshirish jarayeni nazoratga olingan.

Chust tumanida favqulodda holat eʼlon qilinganligi xaqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi izohida qayd etilishicha, tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha davo muolajalari olib borilmoqda.

Ularga yakuniy tashxis qoʻyish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan oʻtkazilmoqda.

Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.

Tumanda sodir boʻlgan ushbu holat shaxsan Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

Mazkur holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qoʻshimcha axborot beriladi.

Avvalroq, Angrendagi uch bogʻchada bolalar zaharlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid