platina.uz
Jamiyat

189 ball olganlarning masalasi vaqtincha hal boʻldi

Bosh vazir matbuot kotibi bu haqda maʼlumot bergan. 

189 ball olganlarning masalasi vaqtincha hal boʻldi

Diplomatiya universitetiga maksimal ball (189 ball) toʻplab, kontrakka oʻqishga kirgan abituriyentlar Prezident imtiyozi asosida grantda oʻqiydi.

Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov maʼlum qildi.

"Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishiga maksimall 189 ball toʻplab, toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan 5 nafar iqtidorli abituriyentning barchasi Prezidentimiz tomonidan berilgan imtiyoz boʻyicha davlat granti asosida oʻqiydi", deyiladi xabarda.

Bu holatga bloger Davletovuz quyidagicha fikr bildirdi: "Abituriyentlarimizning muammolari hal etilgani quvonarli. Lekin Temurbeklar maktabi bitiruvchilari imtiyozlari kvotadan tashqarida boʻlishi kerak. Adolatsizlikka hujjat bilan barham berilishi kerak".

Eslatib oʻtamiz, Platina. uz avvalroq 189 ball toʻplab kontrakt asosida oʻqishga kirganlar mavzusini koʻtarib chiqqandi.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan rasmiylar fikri ham taqdim etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid