platina.uz
Jahon

Qorabogʻ masalasi: oʻt ochish toʻxtatiladi, hudud Ozarbayjonga integratsiya qilinadi

19 sentabr kuni Ozarbayjon mudofaa vazirligi Qorabogʻda harbiy operatsiya boshlagandi. 

Qorabogʻ masalasi: oʻt ochish toʻxtatiladi, hudud Ozarbayjonga integratsiya qilinadi

Ozarbayjonning Qorabogʻ hududidagi tan olinmagan respublika rasmiy Boku bilan muzokaralarga kirishishini eʼlon qildi.

Unda aytilishicha, muzokaralar 21 sentabr kuni Yevlax shahrida oʻtkaziladi.

Shuningdek, hududdagi arman qoʻshinlari qurolsizlantiriladi, ogʻir texnikalar olib chiqiladi. Muzokaralarda Qorabogʻni Ozarbayjonga integratsiya qilish, mahalliy armanlarning xavfsizligini taʼminlash masalalari koʻriladi.

Eslatib oʻtamiz, 19 sentabr kuni Ozarbayjon mudofaa vazirligi Qorabogʻda aksilterror operatsiya oʻtkazilishini eʼlon qilgandi. Operatsiya davomida tan olinmagan Qorabogʻ hududidagi nishonlarga zarba berildi.

Tan olinmagan respublika rasmiylari iddaosiga koʻra, operatsiya natijasida 32 kishi halok boʻldi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid