Ozarbayjon Qorabogʻda aksilterror operatsiya boshlanganini eʼlon qildi
Mazkur qarordan Rossiya tinchlikparvar kuchlari ham xabardor qilingan.

Ozarbayjon Qorabogʻda "mahalliy xarakterdagi terrorchilikka qarshi tadbirlar" boshlanganini eʼlon qildi.
"Keng koʻlamli provokatsiyalarni toʻxtatish", "Armaniston qurolli kuchlari tuzilmalarini qurolsizlantirish va olib chiqish, harbiy infratuzilmani zararsizlantirish va Ozarbayjon tinch fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida" mintaqada mahalliy terrorizmga qarshi choralar boshlandi", deya bayonot berdi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi.
Yana bir maqsad "konstitutsiyaviy tuzumni tiklash"dir.
Ozarbayjon harbiylari, shuningdek, Armaniston qurolli kuchlari tuzilmalarining pozitsiyalarini oldingi chiziqda va chuqurlikdan yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalangan holda ishdan chiqarishi belgilangan.
Ozarbayjon mudofaa vazirligi Rossiya tinchlikparvar kuchlari qoʻmondonligi va Turkiya-Rossiya qoʻshma monitoring markazi rahbariyatini holatdan boxabar qilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasida prezident saylangani va Oʻzbekiston bu jarayonni tan olmagani xabar berilgandi.