platina.uz
Jahon

Rossiya va AQSh oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar deyarli falaj holatga keldi

Hozirda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlashning deyarli 90 foizini Rossiya eksporti tashkil etadi.

Rossiya va AQSh oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar deyarli falaj holatga keldi

2023 yil iyul oyi oxirida Rossiya va AQSh oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 277,3 million dollarni tashkil etdi, bu yangi antirekord sanaladi. Buni AQSh maʼlumotlar byurosi maʼlumotlari tasdiqlaydi, deb yozadi RBK.

Aniqlik kiritilishicha, tovar ayirboshlash oʻtgan yilning fevral oyiga nisbatan 11 baravar, 2021 yil iyul oyiga nisbatan qariyb 13 barobar kamaygan.

Bu kamida 2000 yillarning boshidan beri yangi past koʻrsatkichdir.

Nashrning qayd etishicha, hozirda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlashning deyarli 90 foizini Rossiya eksporti tashkil etadi — iyul oyida Amerika eksporti 36 million dollargacha qisqargan. Rossiyaning AQShga eksporti uchta mahsulot guruhidan iborat - yadro yoqilgʻisi, mineral oʻgʻitlar va platina guruhi metallari (palladiy, platina, rodiy).

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 24 fevralda Ukraina urushi boshlangandan keyin Rossiya jahonda sanksiyalar boʻyicha birinchi oʻringa koʻtarildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid