platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston internet tezligi reytingida pastladi

Eng soʻnggi oʻrinlarni Suriya, Afgʻoniston va Kuba egallagan.

Oʻzbekiston internet tezligi reytingida pastladi

Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha jahon reytingida pastladi, mobil internet tezligi boʻyicha esa yuqoriladi.

2023 yil avgust oyida Oʻzbekiston Speedtest Global Index reytingida mobil internet tezligi reytingida 101-oʻrinni egallagan.

Iyul oyiga nisbatan mamlakat 11 pogʻonaga koʻtarilgan. Mobil internet tezligi 23,25 Mbit/s deb baholanmoqda.

Simli internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 89-oʻrinni egalladi (iyulda 87-oʻrinda edi). Oʻrtacha tezlik - 51,95 Mbit / s. Oʻzbekistondan bir pogʻona tepada qoʻshni Qirgʻiziston, pastda esa Belarus joylashgan.

BAA eng tez mobil internet boʻyicha yetakchilikni qoʻlga olgan - 210,89 Mbit/s. Simli internet tezligi boʻyicha Singapur peshqadamlik qilmoqda – 254,65 Mbit/s.

Eng soʻnggi oʻrinlarni Suriya, Afgʻoniston va Kuba egallagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid