platina.uz
Jamiyat

Chiqindilar asliyatimizni belgilaydimi?

Yoxud tanganing ikki tarafi ham “oppoq” emasmi?

Chiqindilar asliyatimizni belgilaydimi?

Bugun 16 sentabr butundunyo tozalik kuni. Bu mavzuni aynan shu kunda ochishni xohladik. Biz "bolajon xalq"miz, "mehmondoʻst xalq"miz, ammo qanchalik tozaliksevar xalqmiz? Turli joylarda paydo boʻlayotgan sunʼiy chiqindi toʻplamlari nimadan darak beradi? Savol ochiq, fikr-mulohazalar koʻp. Ekologik madaniyat qanchalik shakllangan yurtimizda?

Bizning birinchi navbatdagi muammomiz chiqindi tashlash madaniyati boʻlsa, ikkinchisi chiqindini qayta ishlash. Bu ikki jarayonda butun dunyoga namuna boʻlayotgan Shvetsiya tajribasi haqida: shved uylarida ishlab chiqarilgan chiqindilarning taxminan 99%i qayta ishlanadi qandaydir tarzda, ushbu turdagi chiqindilarning 50%i energiyaga aylanadi. Shvedlar esa “Yerdagi tabiiy boyliklarni tejashimiz kerak. Qayta ishlash mumkin boʻlgan narsalardan foydalanishimiz kerak. Shunchaki yangi materiallar ishlab chiqarishimiz shart emas. Qayta ishlash mumkin boʻlgan narsa ayniqsa muhimdir, shuning uchun bizga kerak emas Yerni vayron qilish va undan qoʻpol foydalanish. Har bir inson oʻzi uchun boshlashi zarur, chunki boshqa odamlardan hech narsa talab eta olmaysiz, agar oʻzingiz toʻgʻri ish qilmasangiz”, degan fikrda. Tarmoq ham yaxshi tashkillangan. Bizda esa aholining aksariyati farzandlariga chiqindini kerakli qutiga tashlashni oʻrgatmaydi.

Foto: Platina.uz / Fazilat Mirzaahmadova

Shvetsiyada tarmoqning yana bir uslub tajribasi — qadoqlangan mahsulotlarni sotib olganingizda, siz bir necha sent koʻproq toʻlaysiz va mahsulotni isteʼmol qilgandan soʻng, ishlov beriladigan qayta ishlash stansiyasiga borasiz va ular uchun toʻlagan pulingizni qaytarib olasiz. Mana shu uslublar tajriba va shakllangan madaniyat asosida yaxshi ekologiyaga erishmoqda hamda axlatni pulga aylantirmoqda.

Chiqindini qayta ishlash boʻyicha Amerika tajribasi: bu sanoat har yili plastmassa, rezina, toʻqimachilik, shisha, qogʻoz va elektronikani qayta ishlash daromad koʻrsatkichlariga nisbatan 116 milliard dollardan ziyod iqtisodiy foyda keltiradi.

Chiqindilarni qayta ishlash sanoati tufayli har yili 534 mingga yaqin ish oʻrinlari yaratiladi, ularning 155 mingtasi toʻgʻridan-toʻgʻri ishga joylashish imkoniyatidir. Umumiy ish haqi har yili 34 million dollardan oshadi.

Yaxshi daromad va aholi uchun ish oʻrinlari. Har yili 500 dan ortiq odamlar ishli boʻlsa va bundan davlat yaxshigina foyda koʻrsa, Oʻzbekistondagi aholini qiynayotgan muammolar hal boʻlardi.

Dunyo statistikasida chiqindilarni qayta ishlash foydaga aylanayotganda bundan Amerika, Shvetsiya va boshqa shunga oʻxshash davlatlar katta-katta foyda olayotganda bizning yurtimizda qayta ishlash sanoatiga investitsiyalar qay darajada kiritilmoqda? Bu sanoat yetarli darajada faoliyat olib boryaptimi? Nega biz bu sohada oqsayapmiz?

Foto: Platina.uz / Fazilat Mirzaahmadova

Amerikada ushbu sanoat foydalari va iqtisodiy jihatlari boʻyicha koʻplab statistik maʼlumotlar va milliardlab pul aylanmasi mavjud.

AQSh bugungi kunda dunyodagi eng yirik qora temir qoldiqlari eksportchisi hisoblanadi. Har yili 20 milliondan ortiq tonna 90 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinadi.

Qora materiallardan yangi buyumlar ishlab chiqarish oʻrniga qayta ishlanganda karbonat angidrid chiqindilari 58% ga kamayadi. Poʻlatni qayta ishlash uni yangi temir rudasidan ishlab chiqarishga qaraganda 60% kam energiya talab qilinadi.

Chiqindilarni toʻgʻri qayta ishlashda koʻplab ekologik foyda bor. Bu harakatlar energiyani tejaydi, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytiradi va energiyadan zaxiralanadi.

Tanganing bir tarafi chiqindi qutilari yetishmasligi, qayta ishlashning kamligidir. Ammo tanganing ikkkinchi tarafi ham bor. Ikkinchi tomonda bizning qusurlarimiz yarqirab turadi.

Mashina oynasidan otib yuboriladigan yelim idishlar, oʻzimizni madaniyatli koʻrsatib, yashil maysada oʻtirib, ovqatlanganimizdan keyingi qoldiqlar, zerikkaningizda suv boʻyida turib yoki biror oʻrindiqda oʻtirib chaqilgan pista, kimdir belgilanmagan joyga tashlagan axlati yoniga oʻzimiznikini ham qoʻshib qoʻyishimiz — asliyatimizni namoyon qilmayaptimi?

Foto: Platina.uz / Fazilat Mirzaahmadova

Aytilmaydi, oʻrgatilmaydi emas, bajarmaymiz. Chunki bolaligimizdan suvga axlat tashlamasligimiz kerakligi oʻrgatiladi. Ammo kanal, soy va koʻllarda chiqindilar buning aksini koʻrsatyapti.

Xalqda "odam yolgʻiz qolganda asliyati namoyon boʻladi" deyishadi. Yoʻq, biz endi odamlardan mana shu asliyatdan uyalmaymiz

Fazilat Soib

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid