platina.uz
Jahon

AQSh Kongressini portlatmoqchi boʻlgan erkakka hukm oʻqildi

Hodisa 2021 yil avgust oyida sodir boʻlgandi.

AQSh Kongressini portlatmoqchi boʻlgan erkakka hukm oʻqildi

AQSh Kongressi binosini portlatish bilan tahdid qilgan shaxs besh yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

“Shimoliy Karolina shtatidan boʻlgan erkak jinoyat sodir etilgan vaqtda jiddiy ruhiy kasallikdan aziyat chekkanligi aniqlanganidan keyin sud tomonidan besh yillik shartli jazoga hukm qilindi”, — deyiladi nashrda.

Qayd etilishicha, mahkum oʻz aybiga iqror boʻlib, tergov va sud jarayoni doirasida bir yil hibsda saqlangan. Sudning aniqlashicha, jinoyat sodir etilgan vaqtda erkak ruhiy buzilishga qarshi kimyoviy dori isteʼmol qilgan.

Hodisa 2021 yil avgust oyida sodir boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid