Dildora Niyozova va Dmitriy Medvedev, Oʻzbekiston Kompartiyasi tugatilishi
Platina.uz 14 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

14 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi, beshinchi Maslahat uchrashuvi hamda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi sammitida ishtirok etmoqda.
Voqealar.
1886 yil – Jorj K. Anderson yozuv mashinkasi lentasini patentladi.
1957 yil – BMT Sovet qoʻshinlarining Vengriyaga kirishini qoraladi.
1959 yil – Luna 2 kosmik kemasi dunyoda birinchi marta Oy yuzasiga chiqdi.
1960 yil — Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) tashkil topdi. Unga Iroq, Eron, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela kirgan.
1984 yil – dunyodagi birinchi havo sharida Atlantika okeani boʻylab parvozni isteʼfodagi amerikalik harbiy uchuvchi Jozef Kittinger amalga oshirdi.
1991 yil — Oʻzbekiston Kompartiyasi tugatilib, Xalq demokratik partiyasi etib qayta tashkil etildi.
2003 yil – referendum natijalariga koʻra, Shvetsiya umumiy Yevropa valyutasi (yevro) ga oʻtishdan bosh tortdi.
- Referendum natijalariga koʻra Estoniya Yevropa Ittifoqiga qoʻshildi.
2010 yil — Fransiya Senati ayollarning jamoat joylarida burqa, roʻmol va niqob kiyishlarini taqiqlovchi qonun loyihasini maʼqulladi.
2018 yil – Oʻzbekiston hududida 5,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila kuchi Termezda – 2 ball, Fargʻonada – 2 ballni, Gulistonda – 2 ballni tashkil etgan.
2019 yil – Oʻzbekiston Oliy majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati kengashining “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorni qabul qilindi.
2021 yil – Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishida Maqsuda Vorisova, Bahrom Abduhalimov, Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzodlar sifatida roʻyxatga olindi.
- “Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi.
Xivada «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumiga start berildi. Forum YuNESKO bilan birgalikda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75 -sessiyasida bildirilgan tashabbusi asosida oʻtkazilgan.
Moskva metrosida oʻzbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo boʻldi.
Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi TikTok ijtimoiy tarmogʻini bolalar uchun xavf maydoni deb atab, uning faoliyatini butunlay cheklashni taklif qildi.
Yoshlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi.
2022 yil – «Ipak yoʻli durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali oʻtkazildi.
- Uzbekistan GTL zavodida jahon tarixida ilk bor, xalqaro standart (ASTM D-7566) va texnik talablariga mos boʻlgan sintetik aviakerosin mahsuloti ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.
Tavalludlar.
1953 yil – oʻzbek diplomati, filologiya fanlar doktori, professor Hamidulla Karomatov;
1954 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Toshmatov Mansur;
1965 yil – rossiyalik siyosat va davlat arbobi Dmitriy Medvedev;
1973 yil – oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi Muzrob Ikromov;
1978 yil – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi Dildora Niyozova tavallud topgan.