Germaniyaning birlashuvi, Shavkat Rahmon va Erondagi qatl
Platina.uz 12 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

12 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Birlashgan millatlar tashkilotining Janub-janub hamkorliklari kuni. Janub-janub hamkorligi xalqaro hamkorlikdagi asosiy elementlardan biri hisoblanib, rivojlanayotgan va iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatlarga koʻmaklashish maqsadida yirik imkoniyatlar ochib beradi. 2003 yil 23 dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan Janub-janub hamkorligi kuni rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Voqealar.
1858 yil — Yangi Shotlandiya (Kanada)da oltin topildi.
1923 yil – Jenevada porno nashrlarning aylanishi va savdosini cheklash toʻgʻrisidagi konvensiya imzolandi.
1934 yil – Latviya, Litva va Estoniya siyosiy ittifoq tuzdilar. Jenevada imzolangan shartnoma Boltiqboʻyi Antantasi nomi bilan tarixga kirdi.
1940 yil — Fransiyaning Lasko gʻoridan qoyatosh rasmlari topildi.
1990 yil – Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashkil topgan. Kasaba uyushmalarining bosh vazifasi kasaba uyushmalari aʼzolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy intellektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iborat. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kengashi 1925 yildan faoliyat koʻrsata boshlagan.
- Germaniyani birlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Germaniyaga nisbatan yakuniy kelishuv toʻgʻrisidagi shartnoma SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, GDR va GFR tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi. Shartnoma toʻrtta davlatning Berlin va Germaniyaga va tegishli kelishuvlarga nisbatan huquq va majburiyatlarini bekor qildi.
2002 yil – AQSh prezidenti Jorj Bush Qoʻshma Shtatlar yana 18 yil oldin YuNESKOga aʼzo boʻlish niyatini eʼlon qildi.
2003 yil – Nukus “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
2007 yil – Filippin prezidenti Jozef Estrada mamlakatni talon-taroj qilganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
2017 yil – Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi oʻz ishini boshladi. Assambleya Oliy muzokaralarining ilk kunida BMT bosh kotibi, AQSh, Armaniston, Afgʻoniston, Braziliya, Isroil, Polsha, Fransiya prezidentlari qatorida Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ham minbarga chiqib, nutq soʻzladi.
2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondoni Rustam Joʻrayev Qoʻl jangi federatsiyasiga rahbar boʻldi.
- BMT COVID-19ni tashkilot tarixidagi eng ulkan muammolardan biri deb tan oldi.
Qatar poytaxti Doha shahrida Afgʻoniston Hukumati va "Tolibon" Harakati oʻrtasida inklyuziv muzokaralar boʻldi. - Eronda mamlakatning grek-rim kurashi boʻyicha chempioni - Navid Afkari qatl qilindi. Afkari 2018 yilda hukumatga qarshi koʻcha namoyishlarida ishtiroki uchun oʻlim jazosiga hukm qilingan. Sportchini shuningdek, mamlakatning amaldagi rejimini toʻntarish uchun maxsus guruhni yaratishda ayblashgan.
2022 yil – Oʻzbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega boʻlgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmogʻi bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqildi.
BAA Samarqand shahridagi infratuzilmalarni yaxshilash uchun qariyb $300 mln kredit ajratishga qaror qildi.
19 yoshli ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras dunyoning eng yosh birinchi raketkasi boʻldi.
Fitch Ratings 2022 yilda Oʻzbekistonning iqtisodiy oʻsish kutilmalarini 5,1 foizga oshirganini maʼlum qildi.
Tavalludlar.
1931 yil – Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi, “Doʻstlik” ordeni sohibi, mehnat faxriysi Ismoil Joʻrabekov;
1934 yil – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Enmark Solihov;
1942 yil – oʻzbek shoiri va tarjimon, radiojurnalist, telepublitsist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Samandar Vohidov;
1950 yil – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Shavkat Rahmon;
1951 yil – oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova;
1988 yil – "Nihol" davlat mukofoti sovrindori, xonanda Nigora Ismoilova tavallud topgan.