Vodiyda sezilarli zilzila sodir boʻldi
Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Bugun, 11 sentabr tongida Fargʻona vodiysida zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Soat 06:54 da kuzatilgan va 4 ballni tashkil etgan yer silkinishining epitsentri Fargʻona viloyati Fargʻona shahriga toʻgʻri keldi.
Zilzila kuchi, shuningdek, Andijon viloyatida 2-3 ballni, Namangan viloyatida 2 ballni tashkil etdi.