Toshkent havosi iflos shaharlar reytingida yuqori oʻrinni egalladi
AQI platformasida poytaxt havosining sifat darajasi 144 birlik bilan baholangan.

Poytaxt havosi dunyoning yirik shaharlari orasida ifloslanish reytingida 4-oʻringacha koʻtarildi. Ayni damdagi oʻrin beshinchi pogʻonani tashkil etadi.
Nam havo oqimlarining kirib kelishidan oldin pastdan yuqoriga sezilar-sezilmas kuch hisobiga poytaxt havosida mayda dipers chang zarrachalari bilan ifloslanish ortgan.
AQI platformasida poytaxt havosining sifat darajasi 144 birlik bilan baholangan. Bu "toʻq sariq" xavf darajasiga ega.
Eslatib oʻtamiz, 11 sentabr kuni Fargʻona vodiy viloyatlari va togʻlardan tashqari hududlarda chang toʻzon va chang boʻronlari boʻlishi mumkin.
10 sentabrdan soʻng 11 sentabr kuni havo oqimlarining almashinuvi front qismda kuchli shamol kutilmalari sabab, joylarda chang toʻzon hodisalari boʻlishi maʼlum qilinmoqda.