platina.uz
Jamiyat

AQShda mudhish terakt, Argentinada oʻqituvchilar kuni

Platina.uz 11 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

AQShda mudhish terakt, Argentinada oʻqituvchilar kuni

11 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Yovvoyi tabiatni xalqaro himoya qilish kuni. 11 sentabr dunyo boʻyicha yovvoyi tabiatni himoya qilish jamgʻarma kuni etib tayinlangan (WWF). Ushbu yirik jamgʻarma tabiatni asrashni tashkil etish, dunyoning barcha hududlarida tabiatni asrashda yuzaga kelgan muammolar bilan jiddiy shugʻullanish maqsadida 28 ta milliy tashkilotlarning uyushma aʼzolarini va yana shu qatorda 5 milliondan oshiq oddiy aholini birlashtirgan.

  • Argentinada oʻqituvchilar kuni.
  • Pokistonda Muhammad Ali Jinna xotirasiga bagʻishlangan milliy kun. Muhammad Ali Jinna Pokistonda milliy davlatchilik asoschisi sifatida hurmatga sazovor boʻlgan musulmon siyosatchi, Britaniya Hindistoni boʻlinishining tashabbuskorlari va eng faol ishtirokchilaridan biri.

Voqealar.

1852 yil – Buenos-Ayres Argentinadan mustaqilligini eʼlon qildi.

1941 yil – Pentagon binosi qurilishi boshlandi.

1943 yil – Qirrali stakan ixtiro qilingan. Eng birinchi stakan 16 qirrali boʻlib, hozirgi kunda klassik janr hisoblangan. 12 , 14 , 18 va 20 qirrali stakanlar ham uchraydi.

1957 yil – SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi shahar va zavodlarga partiya rahbarlarining nomini ular hayoti davomida berishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

1985 yil – Toshkent shahrida janubiy vokzal ishga tushirilgan.

1986 yil – Polsha barcha siyosiy mahbuslar ozod etilishini eʼlon qildi.

1990 yil — AQSh prezidenti Jorj Bush Quvayt inqirozi haqida xalqqa televideniye orqali chiqishida Sovuq urush tugaganidan keyin birinchi marta “yangi dunyo tartibi” atamasini ishlatdi.

1996 yil – Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yashab oʻtgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga haykal oʻrnatildi.

1997 yil – Referendumda Shotlandiya aholisining aksariyati Londondan mustaqil Shotlandiya parlamentini yaratish gʻoyasini maʼqulladi.

2000 yil – Shimoliy Osetiya hukumati "Kursk" suv osti kemasi ekipaj aʼzolari xotirasini abadiylashtirishga qaror qildi va Markaziy Kavkaz tizmasining togʻ choʻqqilaridan biriga "Kursk" deb nom berdi. Bunday qaror togʻ choʻqqisiga chiqqan sakkiz nafar alpinistning iltimosiga koʻra qabul qilingan.

2001 yil – Jahon savdo markazi va Pentagonga terroristik hujumlar boʻldi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida Al-Qoida terrorchilik tashkiloti aʼzolari tomonidan amalga oshirilgan toʻrtta muvofiqlashtirilgan terror xudkushlik hujumlari tarix sahifalariga muhrlandi.

2002 yil – Qoʻshma Shtatlardagi teraktlar yilligi munosabati bilan havo qatnoviga talab pastligi sababli Amerika aviakompaniyalari 3000 dan ortiq reyslarni bekor qildi. Boshqa mamlakatlarda ham yuzlab reyslar bekor qilindi. Oʻsha kuni bir qator Amerika kompaniyalari ommaviy axborot vositalarida har qanday reklama joylashtirishdan bosh tortdilar.

2007 yil – Rossiyada dunyodagi eng kuchli yadroviy boʻlmagan oʻq-dorilar boʻlgan yuqori quvvatli samolyot vakuumli bomba sinovdan oʻtkazildi.

2009 yil – Vladimir Voronin Moldova prezidenti lavozimini tark etdi.

2011 yil – Nyu-Yorkda 11 sentabr Milliy memorial va muzeyi ochildi.

2015 yil – Makkadagi Al-Haram masjidiga minora krani qulab tushdi, 111 kishi halok boʻldi, 331 kishi jarohat oldi.

2022 yil – Shvetsiyada parlament saylovlari boʻldi: milliy konservativ Shvetsiya demokratlari va konservativ liberal Moʻʼtadil koalitsion partiyasi boshchiligidagi oʻng markazchilar bloki koʻp ovoz oldi.

Tavalludlar.

1930 yil – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Maqsud Yunusov;

1937 yil – rus estrada xonandasi va jamoat arbobi, SSSR xalq artisti Iosif Kobzon tugʻilgan.

1945 yil – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi Ramazon Abdullayev tavallud topdi. U faoliyati davomida oʻz shaxsiy jamgʻarmasi hisobidan 180 oʻrinli maktab binosini qurib foydalanishga topshirgan.

1965 yil – suriyalik davlat va siyosat arbobi, Suriya prezidenti Bashar al-Asad tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid