Sentabrda oʻzbek-qirgʻiz chegarasida yana bir nechta oʻtkazish punktlari ochiladi
Tez orada Xonobod-Bek-Obod chegara oʻtkazish punkti faoliyati ham tiklanishi maʼlum qilingan.

Ayni daqiqalarda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qirgʻiziston bilan chegara posti ochildi, bundan tashqari sentabr oyida yana bir nechta oʻtkazish punktlari ochiladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi maʼlumot berdi.
Oʻtkazish punkti Aravon va Marhamat tumanlarini oʻzaro bogʻlaydi.
Tez orada Xonobod-Bek-Obod chegara oʻtkazish punkti faoliyati ham tiklanishi maʼlum qilingan. Bundan tashqari Qorasuv va Kara-Bagish punkti ham ochilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish tugagandan soʻng 6-7 tadan oʻtkazish punktlarini ochishi maʼlum boʻlgandi.
Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov 2022 yil oxirida parlamentdagi chiqishida maʼlum qilgan.