Oʻzbekiston mustaqilligi, Yaponiyada dahshatli zilzila
Platina.uz 1 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

1 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Oʻzbekiston Davlat Mustaqilligi kuni. Oʻzbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami – Mustaqillik kuni har yili 1 sentabr kuni milliy bayram sifatida keng nishonlanadi.
Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, Turkmaniston, Ukrainada Bilimlar kuni.
Slovakiyada Konstitutsiya kuni.
1919 yil – dunyoda birinchi Davlat kino maktabi ochildi, hozirda S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti nomi bilan mashhur.
1920 – Fransiya poytaxti Bayrut boʻlgan Livan davlati tuzilganini eʼlon qildi.
1923 yil – Katta Kanto zilzilasi sodir boʻldi. 1923 yil 1 sentabrda Yaponiyada sodir boʻlgan 8,3 magnitudali kuchli zilziladan Kanto viloyati eng koʻp zarar koʻrgan. Zilzila Tokio va Yokogamani ham deyarli butunlay vayron qilgan. Zilzila bir necha yuz ming kishining oʻlimiga sabab boʻldi va katta moddiy zarar keltirdi. Vayronagarchilik koʻlami va qurbonlar soni boʻyicha ushbu zilzila Yaponiya tarixidagi eng halokatli zilzila hisoblanadi (lekin eng kuchlisi emas – masalan, 2011 yilgi zilzila kuchliroq, ammo kamroq massiv oqibatlarga olib kelgan).
1938 yil – Termiz hayvonot bogʻi tashkil etilgan.
1939 yil – Qora tuynuklar haqidagi birinchi maqola chop etildi. Qora tuynuk fazo-vaqt hududi boʻlib, uning tortishish kuchi shu qadar kuchliki, hatto yorugʻlik tezligida harakatlanuvchi jismlar, jumladan, yorugʻlik kvantlari ham uni tark eta olmaydi. Bu hududning chegarasi hodisa gorizonti deb ataladi. Sferik simmetrik qora tuynukning eng oddiy holatida u qora tuynukning xarakterli oʻlchami hisoblangan Shvartsshild radiusi boʻlgan shardir.
2019 yil 10 aprelda Yerdan 54 million yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan Messiyer 87 galaktikasi markazida birinchi marta oʻta massiv qora tuynuk “suratga tushirildi”.
1951 yil – Londonda Yevropadagi birinchi supermarket ochildi.
1969 yil – Liviyada harbiy toʻntarish (al-Fateh inqilobi) roʻy berdi, bu Muammar Qaddafiyni hokimiyatga keltirdi.
1971 yil – Qatar oʻzini mustaqil davlat deb eʼlon qildi.
1972 yil – Robert Fisher shaxmat boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
1978 yil – Samarqandda qoʻgʻirchoq teatri ochilgan. Asror Joʻrayev nomidagi Samarqand viloyat qoʻgʻirchoq teatri 1978 yil 1 sentabrda Gʻayratiyning “Ali kichkina” spektakli bilan ochilgan.
1987 yil – Gramplastinka ixtiro qilingan. Ixtirochi tomonidan taqdim etilgan yangilik shundaki, ovoz avvalgidek silindirga emas, balki yassi diskka yozilar edi. Grammofon plastinkasi deb atalgan bunday disk oldiniga shellakdan, keyinchalik sifatliroq vinildan tayyorlangan.
1988 yil – Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan. Muzeyning Abdulla Qahhor hayoti, ijodi, merosi nomli boʻlimlari mavjud. Uning 1-boʻlimida adib hayotining turli bosqichlari, muhim voqealari haqida hikoya qilinadi. 2-boʻlimda adibning jurnalistik faoliyati va ijodining ilk davrlariga tegishli hikoya, feletonlarning qoʻlyozmalari, ular eʼlon qilingan vaqtli matbuot nashrlari qoʻyilgan. 3-boʻlim ekspozitsiyasidan adibga hurmat va ehtirom namunasi sifatida berilgan tuhfalar, mukofotlar (jumladan, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni), diplom, esdalik buyumlari joy olgan.
1991 yil – "Oʻzbekiston ovozi" nomli gazeta ilk marotaba nashrdan chiqqan. Oʻzbek adabiyoti va jurnalistikasining ulkan namoyandalari – Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy (Julqunboy), Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Sobir Abdulla, Zulfiya va boshqalar oʻzlarining ilk ijodlarini shu gazeta sahifasida eʼlon qilgan.
1995 yil – Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo oʻyinlari boshlandi.
1996 yil – Toshkentdagi Xalqaro Olimpiya shon–shuhrati muzeyi ochilgan. Bu Osiyo qitʼasida birinchi tashkil qilingan olimpiya muzeyi hisoblanadi.
1997 yil – Toshkent hayvonot bogʻi tashkil etildi.
2001 yil – Ukrainada yangi Jinoyat kodeksi kuchga kirdi, unda oʻlim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtirilgan.
2005 yil – Mustaqillik maydonida Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
2021 yil – Oʻzbekistondan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi.
- Haydovchilardan avtomototransport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan), texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma elektron shaklga oʻtkazish orqali mazkur hujjatlarni avtomototransport vositasi haydovchisidan talab etish tartibi bekor qilindi.
2022 yil – Oʻzbekistonda fuqarolarga ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qaytariladigan boʻldi.
- Ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan avtomobillar texnik koʻrikdan ixtiyoriy oʻtkaziladigan tartib amal qila boshladi.
- Yuridik shaxslar haydovchilarining 2 yilda 1 marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.
Tavalludlar.
1909 yil – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ahror Muzaffarov;
1922 yil – taniqli teatr rejissyori va aktyori Toshxoʻja Xoʻjayev;
1926 yil – Oʻzbekiston xalq hofizi Faxriddin Umarov;
1939 yil – Oʻzbekiston xalq rassomi Nizomiddin Xoliqov tavallud topgan kun.
