Dukkakli oʻsimliklarning oʻta foydali tomonlari aniqlandi
Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, kuniga bir marta loviya isteʼmol qilish miokard infarkti xavfini 38 foizga kamaytiradi.

Ovqatlanish ratsioniga dukkakli oʻsimliklarni qoʻshish yurak xuruji xavfini kamaytiradi, shuningdek, ichak holati, shakar miqdorini nazorat qilishni yaxshilaydi va mushaklar massasini saqlashga yordam beradi. Bu haqda Saskachevan universiteti va Manitoba universiteti olimlari tadqiqotida aytiladi.
AQSh Milliy Sogʻliqni saqlash va Oziqlantirish tadqiqotiga (NHANES) koʻra, yeryongʻoq va boshqa dukkakli mahsulotlarni isteʼmol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Gap shundaki, oʻsimlik oqsiliga boy oziq-ovqatlar tarkibida hayvon oqsilini oʻz ichiga olgan goʻshtga qaraganda ancha kam xolesterin mavjud.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, kuniga bir marta loviya isteʼmol qilish miokard infarkti xavfini 38 foizga kamaytiradi.
Olimlar qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar oʻz diyetasiga dukkakli ekinlarni qoʻshish orqali shakar nazoratini yaxshilashlari mumkinligini aniqladilar. Qora va binafsha loviya ichakning yalligʻlanish kasalligi va yoʻgʻon ichak saratoni bilan ogʻrigan odamlar uchun tavsiya etiladi, chunki ular yoʻgʻon ichak toʻsigʻining yaxlitligini taʼminlaydi.
