platina.uz
Jamiyat

Sakkiz ming yillik tarixni oʻzida jamlagan maskan

Qadimda Kariya, turklar davrida Menteshe, bugungi kunda Mugʻla deb ataladigan bu shahar dunyoga mashhur sayohatchi Avliyo Chalabiy va mashhur tarixchi Gerodot asarlarida ham tilga olinadi.

Sakkiz ming yillik tarixni oʻzida jamlagan maskan

Zangori quyosh nurlari, moviy osmon va yashil tabiatning barcha goʻzalliklarini oʻzida mujassam qilgan Mugʻla, Egey va Oʻrta Yer dengizlarining feruza suvlari, 8 ming yil ortga, tarix qaʼriga sayohat qilishga undaydigan oʻnlab qadimiy shahar xarobalari bilan sayyohlarning eng sevimli maskanlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek u, yer yuzining yashirin jannati deya taʼriflanadi.

Umumiy uzunligi 1479 kilometr boʻlgan dengiz qirgʻoqlari bilan Turkiyaning eng uzun qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Mugʻla - tarixiy, madaniy qadriyatlari va tabiiy goʻzalliklari bilan har yili koʻplab mahalliy va xorijiy sayyohlarni qabul qiladi.

Har yili 1 milliondan ziyod xorijlik sayyoh tashrif buyuradigan Mugʻla, Turkiyaning janubi-gʻarbiy uchida joylashgan boʻlib, u shimolda Aydin, shimoli-sharqda Denizli va Burdur, sharqda Antaliya, janubda Oʻrta Yer dengizi va gʻarbda Egey dengizi bilan oʻralgan.

Egey mintaqasining janubida joylashgan shahar, dengizi va tabiiy goʻzalliklari bilan bir qatorda Kariya, Likiya, Rim, Vizantiya, Saljuqiylar va Usmoniylar kabi koʻplab sivilizatsiyalarga mezbonlik qilganligi bilan tanilgan. Qadimda Kariya, turklar davrida Menteshe, bugungi kunda Mugʻla deb ataladigan bu shahar dunyoga mashhur sayohatchi Avliyo Chalabiy va mashhur tarixchi Gerodot asarlarida ham tilga olinadi.

Tabiiy, tarixiy va madaniy goʻzalliklari bilan millionlab odamlar tomonidan tashrif buyurilgan Mugʻla, Bodrum, Fethiye, Marmaris tumanlari va har biri alohida boʻlgan yuzlab koʻrfazlar bilan uygʻunlashgan holda ajoyib manzara kasb etadi.

Mugʻla oʻzining maftunkor moviy dengizi, oltinrang qumi va quyoshi, yashil tabiati, shuningdek, taqdim etgan turli imkoniyatlar bilan boy salohiyatga ega. Suv sporti, velosport, tabiat qoʻynida sayr qilish, paraplanda uchish, baland togʻ turizmi, gʻorlar, sogʻlomlashtirish va madaniy turizm maskanlari kabilari bilan shahardagi muqobil turizmning xilma-xilligini tashkil etadi.

Kema sayohati/moviy tur: kemada sayr qilib, moviy osmon, yashil tabilat va feruza dengizlarni tomosha qilishni sevuvchilar uchun Mugʻla moʻʼjizaning oʻzginasidir.

Selimiye

Selimiye, shuningdek, Bodrum va Marmaris oʻrtasida sayohat qiluvchi moviy kruiz qayiqlarining tez-tez tashrif buyuradigan joylaridan biridir. Bu yashilliklar bilan oʻralgan qishloqning dengiz suvi toza va odatda turgʻun. Kichik restoranlar, odatda, qayiqlarga xizmat qiladi. Selimiye atrofida uchta qalʼa xarobalari mavjud boʻlib, ularning qadimgi nomi Hydas. Koʻrfazning janubi-sharqiy tepaliklarida ellinistik davr devori qoldiqlarini koʻrish mumkin. Sohildan 100 metr uzoqlikda Selimiyega yaqinlashayotgan qayiqlarni boshqarish uchun qurilgan qoʻriq minorasi, dengiz chirogʻi, monastir va teatr shaharning koʻrishga arziydigan boshqa yodgorliklaridir. Mintaqadagi kema halokatidan topilgan qoldiqlar Bodrum suv osti muzeyida namoyish etiladi.

Saklikent kanʼoni

Mugʻlaning Seydikemer tumanidagi Saklikent kanʼoni issiq yoz oylarida quyosh koʻrmaydigan tik yon bagʻirlari va salqin suvlardan iborat tabiiy moʻʼjizadir. 18 km uzunlikdagi kanyonning boshidan 2 kilometrlik qismida, qishin-yozin juda kuchli oqadigan Eshen oqimi mavjud. Qolgan 16 kilometr faqat professional kanyon ishqibozlari asbob-uskunalar bilan borishlari mumkin boʻlgan tuzilishdadir. Baʼzi joylarda ming metrdan oshgan qoyalardan faqat osmon koʻrinadi. Bundan tashqari, sarguzashtsevar mehmonlar uchun kanyondan oqib oʻtadigan suvda «rafting», «zipline» va “bungee jumping” kabi sport turlari mavjud.


Karabagʻlar platosi

Mugʻla shahar markazidan 3 km uzoqlikda joylashgan Karabagʻlar platosini koʻrish uchun albatta vaqt ajratishingizni tavsiya etamiz. Muzdek buloq suvlari, ulkan chinorlari, moʻl mevali daraxtlari bilan issiq kunlarda qochish mumkin boʻlgan joydir. Karabagʻlar Supurogʻlu mahallasidagi restoranlarda taqdim etiladigan mazali "kuyu buryani" taomi siz tatib koʻrishingiz shart boʻlgan lazzatlardan biridir.

Kapalaklar vodiysi

Kapalaklar vodiysi dengiz va tik qoyalar bilan oʻralgan, tabiiy va himoyalangan tuzilishi tufayli tashqi dunyodan himoyalangan Mugʻlaning (Fethiye) eng diqqatga sazovor joylaridan biridir. 1-darajali tabiiy maydon deb eʼlon qilingan va qaragʻay vodiysi boʻylab mashaqqatli koʻtarilishdan soʻng, bir soʻz bilan aytganda, har yerni choyshabdek qoplagan milliardlab kapalaklarning toshlar, daraxt poyasi va barglarini qoplaganini koʻrish oʻta hayratlanarli moʻʼjizadir. Bu vodiyda 80 dan ortiq kapalak turlari mavjud.

Kabak koʻrfazi

Kabak vodiysi koʻplab endemik oʻsimliklar joylashgan tabiiy muhofaza zonalaridan biridir. Bu yoga va tabiatni yaxshi koʻradiganlar va sportchilar tomonidan afzal koʻriladigan koʻrfazda, lagerlar, bungalovlar va tabiat bilan chambarchas bogʻlangan yogʻoch uylar mavjud. Likiya yoʻli piyoda yurish marshrutini ham oʻz ichiga olgan koʻrfaz, tashrif buyurish lozim boʻlgan yana bir manzildir.


© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid