platina.uz
Jamiyat

Sirdaryodagi tumanga yangi rahbar tayinlandi

Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

Sirdaryodagi tumanga yangi rahbar tayinlandi

Xalq deputatlari Xovos tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi, unda tumanga yangi rahbar tasdiqlandi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Akmaljon Maxmudaliyev tuman hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Yoʻldoshev Ulugʻbek Xasanovich nomzodini tavsiya etdi.

Ovozga qoʻyish natijalariga koʻra, Ulugʻbek Yoʻldoshev Xovos tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ulugʻbek Yoʻldoshev tayinlovga qadar Sardoba tumani hokimining birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, shu paytgacha Xovos tumaniga Uchqun Kamolov rahbarlik qilib kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid