platina.uz
Iqtisod

Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosarlari ishdan olindi

Shuningdek, vazirlikda boshqa muhim tayinlovlar amalga oshirildi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosarlari ishdan olindi

Prezidentning tegishli qarori (PQ-261, 07.08.2023 yil) bilan iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan ozod etildi. Jumladan:

Ilhom Ibroximovich Norqulov vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan vazir oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Shuningdek, iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosarlari Erkin Erkamovich Rustamov hamda Dilshod Shuhratovich Sultanov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan, lavozimidan ozod etildi;

Ahadbek Yahyobekovich Haydarov vazir oʻrinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Abdulaziz Abdulahadovich Haydarov vazir oʻrinbosari etib tayinlandi, u bunga qadar byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi direktori edi;

Otabek Rustamovich Fozilkarimov vazir oʻrinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Bobur Botirovich Xodjayev vazir oʻrinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasining bank-moliya, soliq sohalarini rivojlantirish va “xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Jasur Hazratqulovich Qarshiboyev vazir oʻrinbosari etib tayinlandi;

Murodbek Bekberganovich Atadjanov vazirlik huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid