platina.uz
Jamiyat

Gruziyada urush boshlangan kun

Platina.uz 7 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Gruziyada urush boshlangan kun

7 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Voqealar.

1679 yil – Niagarada birinchi kema suvga tushirildi, u Buyuk koʻllarda suza boshladi.

1929 yil – sobiq ittifoq oliy boshqaruv organi va hukumatining arab yozuvini lotinlashtirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. Umuman, oʻzbek yozuvini lotinlashtirish gʻoyasi 1921 yilda oʻzbek tili va uning imlosiga bagʻishlangan birinchi Turkiston oʻlka qurultoyida oʻrtaga tashlangan, ammo koʻpchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan edi. Lekin arab imlosini oʻzbek tiliga moslashtirish murakkabligi uchun mutaxassislar uni yengillashtirish yoʻlini izladilar. Kengash ishtirokchisi Abdurauf Fitrat oʻz nutqida arab grafikasini bosmalashda va qoʻllashda bir qator qiyinchiliklar borligini koʻrsatib oʻtdi va uni soddalashtirish zarurligini taklif qildi. Ammo keyinchalik Fitrat oʻz fikrini oʻzgartirib, oʻzbek yozuvini lotinlashtirish tarafdori boʻlgan.

1932 yil – sobiq ittifoq oliy boshqaruv organi va hukumati “Davlat korxonalari, kolxozlar va matlubotlar hamda jamoat (sotsialistik) mulkini mustahkamlash toʻgʻrisida” qaror chiqardi. Aholi oʻrtasida “besh boshoq haqida qonun” nomi bilan “mashhur” boʻlgan bu qaror sovet davlati yuzidagi oq niqobni butunlay olib tashladi.

Akademik Naim Karimovning qayd etishicha, “och dehqonlarga qarshi kurash uchun” qabul qilingan bu qaror davlat va jamoat mulkini oʻgʻirlagani uchun oʻlim jazosi beriladigan jinoyatlar bilan tenglashtirdi. Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi “uchlik”lariga oʻlim haqidagi hukmlarni siyosiy byuro tasdigʻisiz ijro etish ijozati berildi. Donni oʻgʻirlagani uchun har qanday kolxozchi oʻn yil oladigan boʻldi. Hattoki manman degan sudyalar ham bir necha boshoqni oʻgʻirlagan dehqonni oʻn yilga lagerga yuborish uchun qoʻl koʻtara olmadilar.

1960 yil – Kot-d‘Ivuar Fransiyadan mustaqilligini eʼlon qildi.

1970 yil – birinchi kompyuter shaxmat turniri oʻtkazildi.

1976 yil – 11 oylik parvozdan soʻng Viking 2 kosmik kemasi Mars sayyorasi orbitasiga kirdi.

1985 yil – Britaniya jurnalistlari BBC Shimoliy Irlandiyadagi voqealar haqida hujjatli film namoyish etishdan bosh tortganiga norozilik bildirish uchun bir kunlik ish tashlash uyushtirdilar.

1990 yil – Iroqning Quvaytga tajovuzkorligi natijasida BMT Iroqqa qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritdi.

1999 yil – Dogʻistonga jangarilar bostirib kirdi, Ikkinchi Chechen urushi boshlandi.

2002 yil – Shimoliy Koreyada xalqaro loyiha doirasida qurilayotgan boʻlajak atom elektr stansiyasi poydevoriga beton quyish marosimi boʻlib oʻtdi.

2008 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

  • Gruziyada urush boshlandi.

2014 yil – Oʻzbekiston hukumatining “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi faoliyatini tashkil etish hamda kutubxonaning yangi binosi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

  • Donbass Ukraina bataloni Ilovaisk uchun hujum boshladi. Jang faqat 3 sentabrda yakunlandi.

2017 yil – Oʻzbekiston Prezidenti “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Unga muvofiq, 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb eʼlon qilindi.

2020 yil – Oʻzbekiston hukumatining “2025 yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Tavalludlar

1947 yil – Sofiya Rotaru, qoʻshiqchi, SSSR xalq artisti.

1960 yil – Devid Duxovniy, amerikalik aktyor, ikki marta Oltin globus mukofoti sovrindori

1966 yil – oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina va Moldova davlatlaridagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov;

  • amerikalik internet-tadbirkor, Vikipediya asoschisi, Vikimedia fondi prezidenti Jimmi Uels,

1980 yil – oʻzbek huquqshunosi, diplomat, 2017-2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi, 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Javlon Vahobov;

1983 yil – tarixchi olima, jurnalist, muharrir, islom tarixi va falsafasi, umumiy turk tarixi boʻyicha mutaxassis, Istanbul Ticaret Universitetida tarix fanlari doktori Zebiniso Kamalova tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid