Namangandagi bozorda katta yongʻin sodir boʻldi

Soʻnggi vaqtlarda bozorlarda yongʻinlar soni oshib bormoqda. 

Jamiyat
5-avgust 2023 yil
Namangandagi bozorda katta yongʻin sodir boʻldi

Namangan viloyati, Chortoq tumanida joylashgan bozor yonib ketdi. FVV xabariga koʻra, 5 avgust kuni soat 03:39 da Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga “Namangan” MFY Mustaqillik shox koʻchasida joylashgan savdo rastalarida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga 9 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb yetilgan. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 250 kv.m maydonda doʻkon va savdo rastalarining ichki qismida boʻlgan mahsulotlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yongʻinni kengayib ketishining oldi olinib, 4000 kv.m maydon saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Soʻnggi vaqtlarda bozorlarda yongʻinlar soni oshib bormoqda. Avvalroq, Qoʻqon va Buxoro, Xivadagi bozorlarda ham yongʻin sodir boʻlgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+