platina.uz
Jamiyat

Namangandagi bogʻchada bolalar tortdan zaharlandi

2 nafar bolaga esa butunlay sogʻayganidan keyin, 26 iyul kuni javob berilgan.

Namangandagi bogʻchada bolalar tortdan zaharlandi

Namangandagi xususiy bogʻchada 15 nafar bola tortdan zaharlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, 25 iyul kuni Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi sifati tez buziluvchi mahsulotni isteʼmol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi, ovqat toksikoinfeksiyasida gumonlanib, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari boʻlimiga yotqizilgan. Oʻrganish natijasida muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tomonidan farzandining tugʻilgan kuni munosabati bilan sifatsiz tort shirinligi olib kelinganligi va u tarbiyachi tomonidan oʻzboshimchalik bilan bolalarga berilgani aniqlandi.

Shifoxonada boalalarga darhol zarur muolajalar koʻrsatilib, oʻsha kunning oʻzida - ikki soatdan soʻng 13 nafarining holati yaxshilanganligi sababli uylariga ketishi uchun shifokorlar ruxsat yetgan. 2 nafar bolaga esa butunlay sogʻayganidan keyin, 26 iyul kuni javob berilgan. Hozirda bolalarning hammasi oʻzini sogʻlom his qilib, “Gulshan” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qaytarilgan.

Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari masʼullariga taʼlim muassasalariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha ogohlantirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid