Toʻdakoʻlda maʼnaviyatimizga zid festival oʻtkazilmasligiga vaʼda berishyapti

Navoiy viloyati hokimligi bayonot eʼlon qildi. 

Jamiyat
31-avgust 2023 yil
Toʻdakoʻlda maʼnaviyatimizga zid festival oʻtkazilmasligiga vaʼda berishyapti

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qiziltepa tumanining Toʻdakoʻl suv havzasi boʻyicha oʻtkazilishi kutilayotgan “Stixiya” festivali keng jamoatchilikning salbiy fikrlari va muhokamalariga sabab boʻlmoqda.

Navoiy viloyati hokimligi mazkur mavzu yuzasidan bayonot eʼlon qildi. 

"Navoiy viloyati hokimligi rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan va eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan mazkur jarayonga aslo befarq emas. Shuningdek, maʼnaviyatimizga zid, mentalitetimizga xos boʻlmagan, yoshlarni turli yot gʻoyalarga targʻib qiluvchi har qanday tadbirga qarshi yekanligini maʼlum qiladi.

Shu bois, “Stixiya” festivalini oʻtkazuvchi “Unidentified Projects Company” MChJ rahbariyati viloyat hokimligi tomonidan yuqorida qayd yetilgan holatlar sodir yetilmasligi boʻyicha rasman ogohlantirilgan va ushbu MCHJ rahbariyatidan viloyat hokimining nomiga mazkur festival doirasida maʼnaviyatimizga zid boʻlgan holatlarga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha kafolat xatlari olingan" deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Mazkur festival uchun mahalliy byudjetdan mablagʻ sarflanmagan, barcha xarajatlar tashkilotchi tomonidan qoplangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalgi “Stixiya” festivali Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq shahrida oʻtkazilgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+