Markaziy bank toʻlov tashkilotlari va banklarni jiddiy ogohlantirdi

 “BRIO GROUP” MChJ (OSON) toʻlov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanilgan. 

Iqtisod
31-avgust 2023 yil
Markaziy bank toʻlov tashkilotlari va banklarni jiddiy ogohlantirdi

Markaziy bank nazorat qoʻmitasi yigʻilishlarida turli toʻlov tashkiloti va ularga xizmat koʻrsatuvchi banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xatarlar boʻyicha ogohlantirilgan. 

Jumladan, bu masala boʻyicha “BRIO GROUP” MChJ (OSON) toʻlov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi, deyiladi MB matbuot xizmati xabarida. Bunga “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonun asos sifatida keltirilgan. 

Nazorat qoʻmitasi birgina avgust oyida 7 ta yigʻilish oʻtkazildi va ularda jami 38 ta masala muhokama etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bundan tashqari 1 ta mikromoliya tashkilotini reyestrdan chiqarish masala koʻrildi va 9 ta tijorat banki faoliyatida qoidabuzarliklar aniqlanganligi oqibatida chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+