Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi
U shu vaqtgacha "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJda ishlab kelgan.

Atajanov Kamal Atabayevich Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
K.Atajanov ushbu lavozimga tasdiqlangunga qadar "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.