Shatskix va Lukashenko tavalludi, taqiqqa uchragan kompartiya
Platina.uz 29 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

30 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Majburiy yoʻqolib ketish qurbonlari xalqaro kuni. Majburiy yoʻqolganlar kuni, shuningdek, bedarak yoʻqolganlar kuni sifatida ham tanilgan Xalqaro kun har yili 30 avgustda nishonlanadi. Qarindoshlari va (yoki) qonuniy vakillariga qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar taqdiriga jamoatchilik eʼtiborini qaratish maqsadida eʼlon qilindi.
Xalqaro kit akulalari kuni.
1877 yil – fransiyalik ixtirochi Emil Renault animatsiyaning asoschisi boʻlgan praksinoskopni patentladi.
1901 yil – ingliz ixtirochisi Hubert Sesil But (Hubert Sesil But) elektr changyutgichni patentladi.
1914 yil – Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, XX asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi Munavvarqori boshchiligidagi bir guruh taraqqiyparvarlar “Nashriyot” shirkatini tuzdilar.
Bu shirkatni tuzishdan maqsad gazeta, jurnal va kitob nashr qilish yoʻli bilan aholini maʼrifatlashtirish, shuningdek, Yevropa madaniyati yutuqlaridan bahramand etish edi.
1919 yil – Moskvada Turkiston davlat universiteti ochildi. 1919 yilning noyabrida bu universitetni Toshkentga koʻchirishga kirishildi. Turkiston xalq universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Toshkentdagi boʻlinmasi bilan Moskvadagi qismi birlashtirildi.
1928 yil – Javoharlaʼl Neru Hindiston mustaqilligini talab qildi. Hindiston Mustaqillik Ligasi tuzildi.
1957 yil – respublikaning bir qator jonkuyar, ilgʻor ziyolilar qatlami vakillari tashabbusi bilan Oʻzbekiston hukumatining qarori asosida Moddiy madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish boʻyicha qoʻmita tashkil etildi. Ushbu qoʻmita qoshida kengash tuzilib, uning tarkibiga tarixchi, arxeolog olim Yahyo Gʻulomov; arxeolog, tarixchi, sharqshunoc Mixail Masson; matematik olim, akademik Toshmuhammad Qori-Niyoziy; sanʼatshunos, arxeolog olim Galina Pugachenkova kabi yetuk olimlar kirgan edi.
1968 yil – Oʻzbekiston hukumati qarori bilan Moddiy madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish boʻyicha qoʻmita Yodgorliklar va tasviriy sanʼatni muhofaza qilish boʻyicha bosh boshqarmaga aylantirildi.
1990 yil – Tatariston Respublikasining davlat suvereniteti toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilindi.
1991 yil – Ozarbayjon oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
- Ukraina Kommunistik partiyasi faoliyati taqiqlangan.
- Sobiq SSSR KGBning depolitizatsiyasi eʼlon qilindi.
1993 yil – 150 millioninchi tashrif buyuruvchi Eyfel minorasiga chiqdi.
1995 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnat shuhrati” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”, “Shon-sharaf” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida” Qonunlari qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ch. Aytmatovni Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga asosan, xalqlar oʻrtasida insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan doʻstlik va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun yozuvchi, taniqli jamoat arbobi Chingiz Aytmatov “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
1996 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati sohasidagi munosabatlar ushbu qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
1997 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlashning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Mazkur Qonunning talablari atir-upa, pardoz-andoz mollari va tamaki mahsulotlariga ham taalluqli.
1999 yil – Referendum paytida Sharqiy Timor aholisining katta qismi Indoneziyadan mustaqillik uchun ovoz berdi.
2000 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Jaloliddin Manguberdi ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur orden bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprogʻini himoya qilishda hamda uni koʻz qorachigʻiday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini koʻrsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgan qoʻmondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.
2001 yil – Toshkent shahrida Akademik drama teatri (hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri)ning yangi binosi ochildi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”, “Madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida” Qonunlari qabul qilindi.
2002 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning maqsadi qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2003 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, eʼlon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2010 yil – Buxoroda balandligi 18 metr boʻlgan “Koʻhna va boqiy Buxoro” monumenti qad rostladi. Monument markazida uch avlod – baxtiyor yosh oila – ota, ona va bola, nihol oʻtqazayotgan bobo va nabira hamda uy qurayotgan ota va oʻgʻilning barelefli haykallari aks ettirilgan. Obida tepasiga balandligi 5 metr, vazni 32 tonnadan iborat boʻlgan aylanib turuvchi ulkan Yer shari oʻrnatilgan. Unda Oʻzbekiston xaritasi tasvirlangan.
2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tashkil etildi.
Tavalludlar.
1947 yil – aktyor va rejissyor Olimjon Salimov;
1954 yil – Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
1956 yil – Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori boʻlib ishlagan Rustam Qosimov;
1972 yil – amerikalik top-model va aktrisa ("Niqob", "Charlining farishtalari" va boshqalar) Kemeron Dias,
1974 yil – oʻzbek siyosatchisi, agronom Turganbay Xojanazarov;
1978 yil – oʻzbek professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Toshkentning “Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix tavallud topgan.
