platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonga dam olish uchun qaysi davlat vakillari koʻp kelayotgani ochiqlandi

Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berib oʻtdi. 

Oʻzbekistonga dam olish uchun qaysi davlat vakillari koʻp kelayotgani ochiqlandi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Shundan 397,3 ming nafari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan, ular ichida Rossiya fuqarolari yetakchilik qilmoqda.

Oʻzbekistonga 7 oyda eng koʻp dam olish maqsadida tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari:

Rossiya – 137,2 ming nafar

Qozogʻiston – 33,6 ming nafar

Tojikiston – 21,5 ming nafar

Qirgʻiz R. – 20,3 ming nafar

Turkiya – 19,3 ming nafar

Hindiston – 14,3 ming nafar

Xitoy – 14,1 ming nafar

Turkmaniston — 13,5 ming nafar

Janubiy Koreya – 12,1 ming nafar

Germaniya — 10,6 ming nafar.

Umumiy tashriflar soni boʻyicha Tojikiston yetakchilik qilmoqda. Yetti oyda 1 151,4 ming nafar tojikistonlik Oʻzbekistonga kelgan. Keyingi oʻrinlarni Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiya egalladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid