platina.uz
Jamiyat

Maykl Jekson va Abduqodir Toshqulov, sovet atom bombasi sinovi

Platina.uz 29 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Maykl Jekson va Abduqodir Toshqulov, sovet atom bombasi sinovi

29 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuni. Yadroviy sinovlarga qarshi xalqaro kun 2009 yil 2 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 64– sessiyasida bir ovozdan qabul qilingan 64/35– rezolyutsiyaga asosan nishonlanadi.

Halok boʻlgan Ukraina himoyachilarini xotirlash kuni.

Voqealar.

1831 yil – Maykl Faraday birinchi elektr transformatorini muvaffaqiyatli qoʻlladi.

1883 yil – Ottavada kanadalik ixtirochi va tadbirkor Tomas Ahern birinchi elektr pechkani namoyish qildi.

1885 yil – nemis muhandisi Gottlib Daymler birinchi mototsiklga patent oldi.

1904 yil — Missuri shtati Sent-Luis shahrida III Olimpiya oʻyinlari ochildi.

1910 yil – Koreyaning Yaponiyaga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirdi, Koreya Yaponiya mustamlakasi boʻldi.

1920 yil – sobiq sovet hukumati xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzib, Buxoro amirligini tugatishga kirishdi. Shu sanadan boshlab Eski Buxoro ham havodan, ham yerdan qattiq bombardimon qilindi. Mixail Frunze qoʻshinni 4 ta zarbdor guruh – Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Chorjoʻy va Kogon guruhlariga boʻlgan edi. Asosiy vazifa Kogon guruhi zimmasiga yuklandi. U poytaxt Eski Buxoro shahrini bosib olishi, Amir Olimxonni asirga olib, Arkdagi xazinani egallashi kerak edi.

1932 yil – Surami dovoni (Gruziya) orqali birinchi elektr poyezdi oʻtdi.

1938 yil – SSSRda universitetlarda sirtqi taʼlim joriy etildi.

1946 yil – Shvetsiya, Afgʻoniston va Islandiya BMTga qabul qilindi.

1949 yil – Semipalatinsk poligonida sobiq SSSRdagi birinchi atom bombasi – RDS– 1 sinovdan oʻtgan.

  • Yugoslaviya Sovet iqtisodiy blokadasi oqibatlarini bartaraf etish uchun AQShga moliyaviy yordam soʻrab murojaat qildi.

1957 yil – sobiq SSSRda harbiy okruglar va qoʻshinlar guruhlari qoʻmondonligiga boʻysunadigan beshta alohida maxsus maqsadli batalon (Spetsnaz) tuzildi.

1958 yil – Kolorado-Springsda Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari akademiyasi ochildi.

1971 yil – Sirdaryo viloyatidagi Oqoltin tumani tashkil etildi.

1991 yil – Ozarbayjon Oliy Kengashi “Ozarbayjon Respublikasining davlat mustaqilligini tiklash toʻgʻrisida”gi deklaratsiyani qabul qildi.

  • "Rossiya" radiosida nutq soʻzlagan RSFSR Prezidenti Boris Yelsin "Ittifoq gʻoyasi tugamagan" va "biz bir qator respublikalar tomonidan mustaqillik eʼlon qilinishidan qoʻrqmasligimiz kerak" dedi.

1996 yil – Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qismi) tasdiqlandi; “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”, “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida” Qonunlar qabul qilindi.

1997 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida” Qonunlari qabul qilindi.

1998 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”, “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida” Qonunlari qabul qilindi.

2000 yil – poytaxtni Fargʻona vodiysi bilan tutashtiruvchi Qamchiq dovonidan oʻtkazilgan yangi avtomobil yoʻli ochildi.

2003 yil – “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”, “Jamoat fondlari toʻgʻrisida” Qonunlar qabul qilindi.

2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida” Qonunlari qabul qilindi.

2018 yil – Indoneziyadagi XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining 11-kuni va oʻzbekistonlik sportchilar bugun 7 ta sport turi boʻyicha bahslarda qatnashdi.

2020 yil – Toshkent yer usti halqa metro liniyasining birinchi bosqichi boʻlgan «Doʻstlik-2 – Qoʻyliq» yoʻnalishi qurib bitkazildi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ana shu qurilishi bitgan yer usti halqa metro liniyasida jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.

2022 yil – Urganchda Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasi ochildi.

  • Aziz Voitov Qishloq xoʻjaligi vaziri boʻldi.
  • Talabalar uchun toʻlov-shartnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yaratilgani maʼlum qilindi.

Tavalludlar.

1934 yil – haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Joʻldosbek Quttimurodov tavallud topdi. Uning asarlarida goʻzallik tuygʻusi estetik ideal tarzida namoyon boʻladi, zamondoshlari qiyofasi, tarixiy mavzularni oʻziga xos tarzda talqin qiladi, qoraqalpoq ayoli goʻzalligini ramziy obrazlarda ifoda etadi, bu obrazlar mahalliy tabiat manzaralari bilan uygʻunlashgan. U 2000 yilda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oltin medali bilan taqdirlangan.

1958 yil — amerikalik qoʻshiqchi, raqqosa, bastakor, “Pop qiroli” Maykl Jekson;

1976 yil – Oʻzbekiston Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Abduqodir Toshqulov;

1983 yil – “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Muhammadjon Bekmuhammedov;

1993 yil – Respublika taʼlim markazi direktori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Nurullayeva Mohiraxon Dilshod qizi;

2000 yil – oʻzbekistonlik shaxmatchi, xalqaro darajadagi ayol master, shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi Nilufar Yoqubboyeva tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid