Oʻzbekiston MTJ AQShga qarshi oʻynaydi
Qoʻshma Shtatlar shu paytgacha hech qachon Oʻzbekistonga ham, Ummonga qarshi ham oʻynamagan.

Futbol boʻyicha AQSh milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalterga koʻra, jamoa 9 sentabr, shanba kuni Oʻzbekistonga qarshi, 12 sentabr kuni esa Ummonga qarshi oʻyinda maydonga tushadi.
Ikkala oʻyin ham xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi sanaladi.
US Soccer nashri maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar shu paytgacha hech qachon Oʻzbekistonga ham, Ummonga qarshi ham oʻynamagan, bu ularni AQSh tarixidagi 101 va 102-raqiblarga aylantirdi. FIFA reytingidagi 74-oʻrinni egallagan Oʻzbekistonga qarshi oʻyin Sent-Luis shahridagi City Park stadionida boʻlib oʻtishi kutilyapti.
Ushbu xalqaro oʻyinlar Osiyo jamoalari bilan kam oʻynagan Qoʻshma Shtatlar uchun yaxshigina tajriba boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, AQSh terma jamoasi FIFA reytingida 12-oʻrinni egallagan.