platina.uz
Jamiyat

Tatyana Karimova, Gruziya-Rossiya keskinligi va tenglik kuni

Platina.uz 26 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Tatyana Karimova, Gruziya-Rossiya keskinligi va tenglik kuni

26 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

AQShda ayollar tengligi kuni.

1789 yil – buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilingan. 1789 yil 14 iyulda Bastiliya turmasiga hujum boshlandi. Bu buyuk fransuz inqilobining boshlanishi edi. 26 avgustda Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi.

1791 yil – amerikalik Jon Fitch paroxodni patentladi (Robert Fultondan 20 yil oldin), toʻrt yil oldin namoyish etilgan.

1801-yil — Filipp Lebon ikki taktli ichki yonuv dvigateliga patent oldi.

1858 yil – birinchi xabar telegraf orqali yuborildi.

1884 yil – amerikalik Ottmar Mergenthaler (Ottmar Mergenthaler) linotipni patentladi.

1895 yil – Niagara sharsharasida gidroelektrostansiya ochildi.

1936 yil – Yunusobod tumani tashkil etilgan.

1952 yil – birinchi marta vodoprovod suvini ftorlash joriy etildi. Suvni florlash - bu boʻshliqlarning oldini olish uchun suvga ftoridning qoʻshilishidir.

1963 yil – Qarshi choʻlini oʻzlashtirish tadbirlari rasman boshlandi. Qarshi choʻlida oliy navli paxta yetishtirish uchun qulay imkoniyat mavjudligini bilgan sobiq sovet maʼmurlari bu yerdagi qoʻriq va partov yerlarni oʻzlashtirishga jiddiy ahamiyat berdi. Oʻzlashtirilishi va sugʻorilishi kerak boʻlgan umumiy maydon 1 million 306 ming gektarni tashkil qilardi. Undan 435 ming gektar yuqori zonada va 871 ming gektar quyi zonada joylashgan edi.

1972 yil – Myunxenda XX Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtgan. Koʻrsatgichlarga koʻra, 1972 yilning yozgi Olimpiadasi eng keng koʻlamli deb topilgan.

1991 yil – Oʻzbekiston Respublika Oliy Kengashining rayosati Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi.

1995 yil – Toshkentda Oʻzbekiston hukumati bilan YuNESKO oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.

1996 yil – YuNESKO homiyligida Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro institutining ochilish marosimi boʻldi. Bu tadbirda YuNESKOning Bosh direktori Federiko Mayor ishtirok etdi.

1997 yil – Samarqandda birinchi xalqaro «Sharq taronalari» festivali boshlandi. U 1 sentabrga qadar davom etdi. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari qatnashdi.

2002 yil – Gruziya parlamenti prezidentga Gruziyaning MDH tarkibidan chiqishi va Rossiya harbiy bazalari va tinchlikparvar kuchlarini Gruziya hududidan toʻliq olib chiqib ketishi haqida eʼlon qilish boʻyicha taklifni qabul qildi.

2004 yil – Oʻzbekiston Respublikasining «Eksport nazorati toʻgʻrisida»gi Qonuni qabul qilindi.

2008 yil – Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan. Abxaziya – Gurjiston Respublikasi tarkibidagi davlat. Respublika janubda Qora dengiz sohillari, janubiy-sharqda Gruziya hududi, shimolda Rossiya bilan davlat chegaradosh. Rossiya Federatsiyasining Abxaziya bilan chegaradosh subʼektlari Krasnodar oʻlkasi va Karachay-Cherkesiyadir. Maydoni 8,7 ming km2. 5 ta tuman, 7 ta shahar, 4 shaharchasi bor. Poytaxti – Suxumi shahri.

2011 yil – Toshkent va Samarqand shaharlari oʻrtasida ilk marta yukori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu poyezd soatiga 250 km masofagacha yoʻl bosib, Toshkentdan Samarqandgacha boʻlgan 300 km masofani ikki soatga yaqin vaqt ichida bosib oʻtadi.

2015 yil – Oʻzbekiston Respublikasining «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida»gi Qonuni qabul qilindi.

2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Tavalludlar.

1948 yil – Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning turmush oʻrtogʻi Tatyana Karimova tavallud topgan kun. Tatyana Akbarovna 1991 yildan 2016 yilgacha Oʻzbekiston birinchi xonimi boʻlgan.

1980 yil — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh Kotibi Oybek Kasimov tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid