Prigojin uchgan samolyot halokatga uchradi
Maʼlumotlarga koʻra, uch uchuvchi va yetti yoʻlovchi halok boʻlgan.

Rossiyaning Tver viloyatida bortida "Vagner" harbiy shirkati rahbari Yevgeniy Prigojin boʻlgani aytilayotgan xususiy samolyot halokatga uchradi.
"Rosaviatsiya"ga koʻra, Prigojin yoʻlovchilar roʻyxatida boʻlgan. Uning aniq oʻlgani haqida maʼlumot yoʻq.
Maʼlumotlarga koʻra, uch uchuvchi va yetti yoʻlovchi halok boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz. Yevgeniy Prigojin shu yilning 24 iyun kuni isyon koʻtarib, jangchilari bilan Moskvaga yurish qilgandi. Ammo oʻsha kunning oʻzidayoq Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko vositachiligida qoʻzgʻolon toʻxtatildi.