Kaddafiyning agʻdarilishi, SSSRdagi talotoʻplar — kun voqealari
Platina.uz 23 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

23 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Xalqaro qul savdosi qurbonlarini xotirlash va unga barham berish kuni.
Butunjahon Internet tarmogʻiga asos solingan kun.
1904-yil – avtomobil shinalari zanjiri patentlangan.
1951-yil – chechen diniy va davlat arbobi, Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti (2003-2004) Axmat Qodirov;
1954-yil – oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, professor Xolmat Zokirov;
- Singapurlik siyosatchi va huquqshunos, 2017-yildan beri Singapur prezidenti Halima Yoqub;
1991-yil – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktyori Muhammad Ali Navroʻzov tavallud topgan.
2019-yil – Oʻzbekiston hukumatining «Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Voqealar.
1904 yil – avtomobil shinalari zanjiri patentlangan.
1907 yil – dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy Nijniy Novgorodda Rusiya musulmonlarining qurultoyida turkistonliklar guruhini boshqardi va katta nutq soʻzladi.
1913 yil – Kopengagenda Andersen ertagi qahramoni “Kichik suv parisi” haykali ochildi.
1939 yil – Germaniya va Sovet Ittifoqi oʻrtasida hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi pakt imzolandi.
1990 yil – Armaniston SSSRdan mustaqilligini eʼlon qildi.
- Gʻarbiy va Sharqiy Germaniya birlashish sanasini 3 oktabrga belgiladi.
1991 yil – Boris Yelsin KPSS faoliyatini va "Pravda" gazetasini chiqarishni toʻxtatdi.
- Ozodlikda boʻlgan GKChP aʼzolarining oxirgisi hibsga olindi. KPSS Markaziy Komiteti binosi muhrlandi. Rossiya Oliy Kengashining favqulodda sessiyasiga chaqirilgan Mixail Gorbachyov sotsialistik tanlovni himoya qilishga urindi, ammo harakatlar zoye ketgan.
1994 yil – Moskvada Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Moldova Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish haqida Protokol imzolandi.
1998 yil — Sergey Kiriyenko boshchiligidagi hukumat isteʼfoga chiqdi, Rossiya hukumati boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib Viktor Chernomirdin tayinlandi.
2002 yil – Prezident farmoniga asosan, Oʻzbekiston fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, butun hayotini Vatan, xalq va millat taraqqiyotiga baxshida etgan betakror isteʼdodli vatandoshlarimizning xotirasini yod etib hamda ular qoldirgan katta ilmiy-ijodiy merosni inobatga olib, bir qator marhum olim va sanʼatkorlar: akademiklar Habib Abdullayev, Sodiq Azimov, Ubay Oripov, Toshmuhammad Sarimsoqov, Saʼdi Sirojiddinov, Obid Sodiqov, Sobir Yunusov, Toshmuhammad Qori Niyoziy, Yahyo Gʻulomov; Oʻzbekiston sanʼat arboblari Toʻxtasin Jalilov, Igor Saviskiy; Oʻzbekiston fan arbobi Hamid Sulaymonov; Oʻzbekiston xalq artisti Olim Xoʻjayevlar «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
2004 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan marhum fan, adabiyot va sanʼat arboblarini mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmoniga asosan, Oʻzbekiston xalq artistlari Hojixon Boltayev, Muhammadjon Mirzayev, Nabi Rahimov, Oyimxon Shomurotova, Sora Eshontoʻrayeva; shoir Hamid Olimjon; akademik Vsevolod Ivanovich Romanovskiylar «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
2011 yil – Liviyada diktator Muammar Qaddafiy agʻdarildi.
2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Tavalludlar.
1603 yil – hijriy 1012 yil rabbiul avval oyining oʻn beshinchi kuni Urganchda shayboniylar sulolasiga mansub boʻlgan Xiva xoni va yirik tarixchi olim Abulgʻozi Bahodirxon tavallud topdi.
Uning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari Oʻzbekiston, umuman Oʻrta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. Abulgʻozi Bahodirxon tibbiyot ilmiga oid «Manofiʼul inson» («Insonga foydali narsalar») nomli asar ham yozgan.
1951 yil – chechen diniy va davlat arbobi, Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti (2003-2004) Axmat Qodirov;
1954 yil – oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, professor Xolmat Zokirov;
- Singapurlik siyosatchi va huquqshunos, 2017-yildan beri Singapur prezidenti Halima Yoqub;
1991 yil – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktyori Muhammad Ali Navroʻzov tavallud topgan.