platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi

Eslatib oʻtamiz, tashrif doirasida Oʻzbekiston rahbari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi. Mirziyoyev va uning rafiqasini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Yagub Eyyubov, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Elnur Mammadov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan “Shahidlar” xiyobonini ziyorat qildi. Shuningdek, "Mangu alanga” monumenti poyiga gul qoʻydi.

Oʻzbekiston Prezidenti “Shahidlar xiyoboni” tarixi va Ozarbayjon poytaxtidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishar ekan, Bokuning panoramali manzarasidan bahramand boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, tashrif doirasida Oʻzbekiston rahbari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qiladi.

Bundan tashqari, davlat rahbarlarining Fuzuliy va Shusha shaharlariga safarlari rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid