Samarqandda 49 kishi fast-fuddan zaharlandi
Shifoxonaga keltirilgan bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan.

Samarqandda 49 nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Ular ovqatdan zaharlangani aytilmoqda.
Samarqand viloyati televideniyesi efirida aytilishicha, ularning barchasi shahar markazida joylashgan Fast Food markazida xot-dog isteʼmol qilganidan keyin sogʻligʻi yomonlashgan. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.
Shifoxonaga keltirilgan bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafari davolanishni davom ettirmoqda.
Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, bemorlarning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti.