Rossiya savdo belgisi Oʻzbekistonda logistika markazi qurmoqchi
Toshkentda rus vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Rossiyaning Ozon onlayn savdo belgisi Oʻzbekistonda logistika markazini ochishni rejalashtirmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkentda Ozon vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Assotsiatsiya hisob-kitoblariga koʻra, yaratilayotgan logistika markazi orqali Rossiyaning chakana savdo tarmoqlari va korxonalariga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan charm buyumlar va poyabzal mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyati paydo boʻladi.
