platina.uz
Iqtisod

Ikki viloyatda soliq boshliqlari lavozimdan olindi

Soliq idoralari qoʻshimcha manbalar topish oʻrniga eski zamon kasaliga berilib, ishlayotgan tadbirkorlarning tayyor mablagʻlarini undirishga oʻrganib olgani qayd etildi.

Ikki viloyatda soliq boshliqlari lavozimdan olindi

Byudjet tushumlarini taʼminlash va tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun ayrim mansabdorlar ishdan olindi va jazolandi. Jumladan:

- Andijon va Sirdaryo viloyatlari soliq boshliqlari hamda Soliq qoʻmitasining yirik soliq toʻlovchilar bilan ishlash inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisini lavozimidan ozod qilish;

- Iqtisodiyot va moliya vazirining soliqqa masʼul oʻrinbosari D.Sultonov, Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari M.Mirzayev, J.Abdiyev, S.Eshmatov, M.Mahkamov, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻiga hayfsan eʼlon qilishga koʻrsatma berildi.

Shu bilan birga, soliq idoralari qoʻshimcha manbalar topish oʻrniga eski zamon kasaliga berilib, ishlayotgan tadbirkorlarning tayyor mablagʻlarini undirishga oʻrganib olgani qayd etildi.

Masalan, 2022 yilda tadbirkorlar tomonidan ortiqcha toʻlangan soliqlar hajmi 320 milliard soʻmga oshib, 4,4 trillion soʻm boʻlgan.

“Afsuski, soliq xodimlari oʻrtasida korrupsiyaviy jinoyatlar soni yildan-yilga koʻpaymoqda”, - dedi Prezident.

Bosh Prokuratura huzuridagi Departament nazoratni susaytirib yuborgani tanqid qilinib, unga soliqchilar tomonidan ortiqcha toʻlovlar undirish, ularni vaqtida qaytarmaslik, tekshirishdagi soxtakorlik kabi qonun buzilishlarni oldini olish boʻyicha amaliy tizim yaratish topshirildi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid