Toshkent va Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Shavkat Mirziyoyev Budapesht shahrida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Joriy yil 20 avgust kunidan boshlab Toshkent va Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Budapesht shahrida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston bilan Vengriya oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin va konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Vengriyaning Bonafarm, Gedeon Richter, Meditop, Wizz Air kabi yirik kompaniyalari Oʻzbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarida faol qatnashmoqda.