Yoʻtal siropi qurbonlari soni yanada koʻp boʻlishi mumkin
Sud majlisi ochiq deb eʼlon qilingan boʻlsa-da, Oliy sud matbuot xizmati vakili Platina.uz nashri muxbirining erkin faoliyat olib borishiga toʻsqinlik qilmoqda.

Yoʻtal siroplaridan halok boʻlgan bolalar soni aslida 65 tadan ham koʻp boʻlishi mumkin. Bugungi sud majlisida 68 ta bola roʻyxatga olingani aytilgan.
Sudda qatnashayotgan Platina.uz nashri muxbirining xabar berishicha, qurbonlar aslida yanada koʻproq boʻlishi mumkin. Muxbirimiz jabrlanuvchi sifatida qatnashayotgan fuqaro bilan suhbatlashgan va uning nabirasi halok boʻlganlar roʻyxatiga kiritilmaganini bildirgan.
Sud majlisi ochiq deb eʼlon qilingan boʻlsa-da, Oliy sud matbuot xizmati vakili Platina.uz nashri muxbirining erkin faoliyat olib borishiga (foto, video va audio yozuvlar olishiga, boshqa saytlarda bu muammo yoʻq) toʻsqinlik qilmoqda. Bu boʻyicha Oliy suddan izoh kutib qolamiz.
Bugungi sud majlisi tushdan keyin davom etadi.