Ukrainalik bolalar dam va reabilitatsiya uchun Oʻzbekistonga keltirildi
Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko bu haqda maʼlumot berdi.

Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar bola Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko maʼlum qildi.
Ushbu loyiha mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan oʻzbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Elchiga koʻra, bolalar Ukrainaning janglar davom etayotgan turli hududlaridan, jumladan, Xerson, Kiyev, Xarkov, Mikolayev, Zaporijjya, Sum kabi viloyatlaridan keltirilgan.
"Ishonchim komilki, Oʻzbekistonda boʻlish davomida bolalar oʻzbek xalqining madaniyati va anʼanalari bilan yaqindan tanishadilar. Davomi bor", deya yozadi Ukraina elchisi.