Sardor Umurzoqov lavozimidan olindi
Maʼlum boʻlishicha, endilikda prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan.

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov lavozimidan ozod etildi. U bir yil oldin tayinlangan edi.
Sardor Uktamovich Umurzakov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Prezident administratsiyasi prezidentning 2018 yil 26 avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbarlik qilgandi.
2022 yil 16 iyulida esa Nizomiddinov salomatligidagi muammo sabab ishdan ketgan va uning oʻrnini Sardor Umurzoqov egallagandi.