Faqat shirinliklar emas: shifokor diabetga olib keluvchi xavfli omillarni sanadi
Diabetga chalinmaslik uchun qator mahsulotlardan tiyilish kerak.

Tartibsiz ovqatlanish 70 foiz hollarda diabetning sababi hisoblanadi. Bundan tashqari, qondagi qand miqdori koʻtarilishiga faqat shirinliklar va shakar sabab boʻlmaydi, deydi kardiolog Anna Korenevich.
Shifokorning fikriga koʻra, koʻp miqdorda tozalangan uglevodlarni isteʼmol qilish diabetga olib keladi. Ular nafaqat shirinliklarda, balki boshqa bir qator mahsulotlarda ham mavjud.
Xususan, oq guruch, non mahsulotlari, kolbasa, konserva va turli xil yarim tayyor mahsulotlarda bu narsa koʻp uchraydi. Shuningdek, diabetning sababi ratsionda toʻliq don, sabzavot, meva va yongʻoqlarning yetishmasligi ham boʻlishi mumkin.
Kardiologning qoʻshimcha qilishicha, qondagi glyukoza darajasining muntazam oʻsishi oqsil oksidlanishiga olib kelishi mumkin, natijada toʻqimalar va organlar nobud boʻladi. Va bu, oʻz navbatida, umr koʻrish davomiyligini sezilarli darajada qisqartiradi.