Yongʻoqning oʻta foydali ikki xususiyati maʼlum boʻldi
Kuniga 30 grammdan koʻp yemaslik tavsiya etiladi.

Yongʻoq isteʼmol qilish ruhiy salomatlikni saqlashga foydali taʼsir koʻrsatadi, xususan, depressiyani rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Mutaxassislarga koʻra, ovqat ratsionga har qanday turdagi yongʻoqlar qoʻshilsa, ular miya yalligʻlanishini kamaytiradi va antioksidant taʼsiri tufayli ijobiy natijalar hosil boʻladi.
Yongʻoq yoki boshqa shunga oʻxshash narsalarni isteʼmol qilasizmi, ular tuzlanganmi, qovurilganmi yoki xom boʻlishidan qatʼi nazar foydalidir. Tuzlangan va qovurilganlardan voz kechish yaxshiroq, deydi shifokorlar.
Bundan tashqari, yongʻoqlar vitamin va minerallarga boy. Shu sababli ularni muntazam ravishda isteʼmol qilish yurak va qon tomirlarining faoliyatini yaxshilaydi. Biroq, yongʻoq juda yuqori kaloriya mahsuloti ekanligini unutmaslik kerak. Shuningdek, ular tarkibida koʻp miqdorda fitik kislotasi mavjud boʻlib, bu organizmda minerallar yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ularni koʻp miqdorda isteʼmol qilmaslik yaxshiroqdir. Kuniga 30 grammdan koʻp yemaslik tavsiya etiladi.