"Truck FM" radiosi Amerikaning "Radio.net" platformasida!
Avvalroq, biz radioning maqsad va rejalari haqida mutaxassis bilan suhbatlashgan edik.

Yaqindagina ish faoliyatini boshlagan Oʻzbekistonning "Truck FM" nomli onlayn radiokanali rivojlanishda va oʻz tinglovchilarini topishda davom etmoqda. Ayni damda radioni nafaqat "Truck FM" mobil ilovasi orqali Apple va Android smartfonlarida hamda www.truckfm.uz sayti orqali, balki "Biz Media" platformasida ham bepul tinglashning imkoni bor. Avvalroq, biz radioning maqsad va rejalari haqida mutaxassis bilan suhbatlashgan edik.
Kuni kecha radiokanal 60 000 dan ortiq radiostansiyalar efirlarini jamlagan AQShning "Radio.net" platformasiga ham qoʻshildi. Radio.net – bu maxsus sayt va mobil ilova boʻlib, unda dunyoning koʻplab mamlakatlari radiokanallari, podkast eshittirishlari mavjud. Undan foydalanish ham bepul boʻlib, AQShdagi eng taniqli radio dasturlardan biri hisoblanadi.
Jaloliddin MIRZAYeV, mutaxassis:
"Truck FM" radiokanali oʻzbek radio stansiyalari qatorida birinchilardan boʻlib "Radio.net" orqali dunyo tinglovchilariga yetib bordi. "Truck FM"ning AQSh platformasiga qabul qilinishiga asosiy sabablar, AQShda oʻzbekistonlik oʻzbeklarning koʻpligi, radioning 24/7 formatda uzluksiz ishlashi va 32, 64, 128, 256, 320 kbps sifatlarda audio formatlarga ega ekani, shuningdek, radio efirlarida faqat musiqa emas, maqsadli eshittirishlarning ham mavjudligidir.
Eslatib oʻtamiz, ushbu onlayn radiokanalda hozirgi kunda nafaqat yangi va eski qadrdon kuy-qoʻshiqlar, balki “Ovozli salom", "Kinotrack", "Super kayfiyat", "Audio kitob" hamda "Retro time" kabi sahifalar ham oʻz tinglovchilarini topib bormoqda.