Buxoroda yoʻq qilingan hayotlar
Buxoroning kecha va bugungi sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasvirlari bunga yaqqol isbot boʻla oladi.
Daraxtkushlik. Bu mavzuni ochadigan boʻlsak, minglab daraxtlarni yoʻqotganimizni, oʻzimizni zaharlash uchun qanchadan qancha daraxtlar umriga zomin boʻlganimizni anglaymiz. Yoʻqotganlarimiz koʻp, topganlarimiz esa yuqori haroratdagi issiq va shu issiqda aylanib boʻlmaydigan fayzsiz binolar oʻrami.
Buxoroning kecha va bugungi sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasvirlari bunga yaqqol isbot boʻla oladi.
Amfiteatr
Amfiteatr atrofidagi koʻl 2004 yillardan boshlab quri(tili)shni boshla(n)gan.
Ark
Arkning soʻnggi yillardagi daraxtsizlanib, fayzsiz koʻrinishga kelgan holati.
Somoniylar bogʻi
Somoniylar bogʻi. Daraxtzorli bogʻ betonli, attraksionli maydonga aylantirilgan.
Stadion
Buxoro stadionining atrofi qariyb 20 yilda ana shunday ahvolga kelgan.
Aeroport yoʻli
Aeroport yoʻlidagi daraxtlar kesilib, oʻrniga unda deyarli 3-4 barobar kam impotent daraxtlar ekilgan.
Bahorziy mahallasi.
Shahar markazi
Suratlar Otabek Hamid sahifasidan olindi.
Undan tashqari shahar markazidagi bir necha joylar – Mir arab madrasasi, Magʻoki Attori Masjidi joylashgan hududlarda ham juda katta sezilarli farq bor.
Shuncha kesilishlardan soʻng yana yaqinda avtomobil yoʻli qurish uchun 70 mingga yaqin daraxtning yoʻq qilinishiga sal qoldi.
Xulosa shuki, daraxtlarni emas, oʻz umrimiz va salomatligimizni kesmoqdamiz.
Fazilat Soib