platina.uz
Jamiyat

Maktablarda qachon oʻqish boshlanishi aniq boʻldi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bu masala boʻyicha maʼlumot berdi. 

Maktablarda qachon oʻqish boshlanishi aniq boʻldi

Oʻzbekistondagi maktablarda oʻquv yili 4 sentabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 sentabr — shanba qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3 sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.

"Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-oʻquv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid