Ayanchli tarix: afsonaviy “Paxtakor” halokatga uchragan kun
Platina.uz 11 avgust sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

11 avgust sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Voqealar.
1926 yil – Kodak kompaniyasi rangli plyonka yaratish ustida ish boshlaganini eʼlon qildi.
1928 yil – Moskvada Birinchi Butunittifoq spartakiadasi ochildi.
1929 yil – Eron va Iroq doʻstlik shartnomasini imzoladi.
1956 yil – Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni ochildi.
1975 yil – Qoʻshma Shtatlar Vetnamning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kirishiga veto qoʻydi.
1979 yil – “Paxtakor” jamoasi aʼzolari Dneprodzerjinsk shahri yaqinida sodir boʻlgan dahshatli aviahalokat sabab vafot etgan.
1981 yil – Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining qarori bilan atrof-muhitni va kishilar salomatligini himoya qilish maqsadida butifos oʻtkir zaharli moddasini defoliant sifatida qoʻllash man etildi. Lekin amalda bu qaror bajarilmadi. Gʻoʻzani butifos bilan defolyatsiya qilish oldingidek hattoki aholi yashaydigan qishloqlar yaqinida ham amalga oshirilaverdi.
1984 yil – AQSh prezidenti Ronald Reygan matbuot anjumani oldidan mikrofonni tekshirar ekan, mikrofon yoqilganligini bilmagan holda butun mamlakatga eʼlon qildi: "Hurmatli amerikaliklar, men Rossiyani abadiy qonundan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzolaganimni maʼlum qilishdan mamnunman. Besh daqiqadan soʻng bombardimon boshlanadi”.
1994 yil – Fidel Kastro Kubani tark etish boʻyicha cheklovlarni bekor qildi, natijada mamlakatni darhol tark etishni istagan juda koʻp odamlar paydo boʻldi. Avgust oyi oxiriga kelib 20 ming fuqaro chiqib ketgan.
1999 yil – Butun Yevropada toʻliq quyosh tutilishi boʻldi.
Kanzas shtatida Charlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi boʻyicha maʼruzalari davlat maktablari oʻquv dasturidan olib tashlandi.
2003 yil – NATO Afgʻonistondagi xalqaro tinchlikparvar kuchlarga qoʻmondonlikni oʻz zimmasiga oldi.
2004 yil – Rostov sudi qoʻshiqchi Filipp Kirkorovni jurnalist Irina Aroyanni haqorat qilishda aybdor deb topdi.
2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Oʻzbek biokimyogarlari va endokrinologlari maktabi asoschisi, mamlakatimizda zamonaviy taʼlim tizimini yaratishga, fan taraqqiyotini yoʻlga qoʻyishda, xususan dunyo fanida qalqonsimon bez faoliyatini, tireoid gormonlar biokimyosi va uning taʼsir mexanizmlarini ochib berishga ulkan hissa qoʻshgan, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari sohibi, atoqli tibbiyotchi va pedagog olim akademik Yolqin Toʻraqulov tavalludiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan olimning biologiya, tibbiyot va pedagogika sohalaridagi ilmiy merosining ahamiyatini inobatga olib Vazirlar Mahkamasi “Akademik Yolqin Xolmatovich Toʻraqulov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.
2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Tavalludlar.
1916 yil – huquqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Gʻulom Ahmedov tavallud topdi. Uning ilmiy asarlari jinoyat huquqini takomillashtirish, xususan, giyohvandlik va ichkilikbozlikka qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan. U huquqshunoslikka doir lugʻatlar tuzgan, oʻzbek tilidagi yuridik atamalarning shakllanishiga hissa qoʻshgan.
1938 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Dilbar Ismoilova tugʻilgan. “Xolisxon” (Hamza) spektaklidagi Zuhra uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. U oʻz ijodi davomida lirik, dramatik xarakterdagi turli obrazlarni yaratdi, filmlarda bir necha qahramonlarga ovoz berdi. Dilbar Ismoilova 1998 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.
1985 yil – 90 kg vazn toifasida oʻzbekistonlik dzyudochi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, dzyudo boʻyicha Gran-pri va “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi Xurshid Nabiyev tavallud topgan.