Kegeyliga yangi hokim tasdiqlandi
Avvalgi hokim Dauletbay Utemuratov 2020 yil lavozimga tayinlangandi.

Kamolov Aybek Kudabayevich Kegeyli tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
U shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shoʻʼbasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan.
Avvalgi hokim Dauletbay Utemuratov 2020 yil lavozimga tayinlangandi. Uning nega ishdan olingani nomaʼlum.




